Abdusalom Azizov milliy terma jamoa futbolchilari bilan uchrashdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-10-2024, 20:18
JCH-2026 uchinchi saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 10 oktyabr Eron, 15 oktyabr kuni esa BAA terma jamoasi bilan uchrashadi. Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi prezidenti Abdusalom Azizov ana shu o‘yinlar oldidan milliy terma jamoa a’zolari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ushbu bahslarning ahamiyati, g‘alabalar orqali Mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga yaqin kelishimiz mumkinligi haqida so‘z bordi.

Bosh murabbiy Srechko Katanes betobligi sabab yig‘inga kela olmaganiga qaramay, jamoa bor kuchini ishga solgan holda, ijobiy natija qayd etishiga ishonch bildirildi. Bu borada yordamchi murabbiylar zimmasida ham katta mas’uluyat bo‘lishi ta’kidlandi.

O‘z o‘rnida jamoamizning bir qator yetakchi futbolchilari o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi. Tibbiy shtab va jamoaga aloqador barcha mutaxassislarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Abdusalom Abdumavlonovich bo‘lajak uchrashuvlarda jamoamizga omad tiladi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati