Abbosbek Fayzullayev: «Ertaga g‘alaba qozonib, 3 ochkoni qo‘lga kiritmoqchimiz»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-10-2024, 18:54
O‘zbekiston terma jamoasi vingeri Abbosbek Fayzullayev Eronga qarshi o‘yindan avval o‘z fikrlarini bildirdi.

«Katanes bilan sodir bo‘layotgan vaziyat birinchisi emas. Misterga sog‘lik tilaymiz. Tezroq sog‘ayib, jamoamizga qaytsa, bizga katta yordam bo‘ladi. Jamoa anchadan beri birga. Maydonda kim nima qilish kerak ekanligini biladi. Eronni uncha kuzatib bormayman, ammo ular kuchli ekanligini bilaman. JCH saralashidagi har bir o‘yin va har bir ochko muhim. Yakunda 1 dona gol yoki ochko hammasini hal qilishi mumkin. Ertaga g‘alaba qozonib, 3 ochkoni qo‘lga kiritmoqchimiz», - dedi yaqinda 21 yoshga to‘lgan futbolchimiz.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston - Eron uchrashuvi ertaga, 10 oktyabr kuni 19:00 da start oladi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati