Bundesliganing eng qimmat futbolchilari: Keyn uchinchi, Olise top-5'likka kirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-10-2024, 18:36
"Transfermarkt" portali sahifalarida Germaniya chempionatida to‘p tepayotgan ayrim futbolchilarning narxlari yangilandi. Eng qimmat futbolchilar ro‘yxatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, kuchli 4 talikda hech qanday o‘zgarish kuzatilmagan.

Birinchi o‘rinni hamon Jamol Musiala va Florian Virs 130 million yevrolik narx bilan bo‘lishmoqda. Kuchli uchlikni 100 million yevroga baholangan Xarri Keyn yakunlab turibdi. Xavi Simons 80 million yevro bilan to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Ushbu to‘rt nafar futbolchining narxi o‘zgarmagan.

E’tibor bering, Maykl Olise Bundesliganing eng qimmat 5 nafar futbolchisi qatoriga kirdi - «Bavariya» futbolchisi narxi 10 millionga qimmatlashdi va hozirda 65 million yevroga baholanmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati