Liviya G‘azoga insonparvarlik yordami jo‘natdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 21:08
Liviya hukumati 30 mart kuni ocharchilik changalida qolgan G‘azoga gumanitar yordam jo‘natilganini ma’lum qildi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, falastinliklar uchun yuklar gumanitar yordam kemasi orqali olib ketilgan. Yordam avval Misrning Al-Arish portiga yetib boradi, keyin Rafahdan quruqlik orqali G‘azoga kiritiladi.

Kemada 1200 tonnadan ortiq gumanitar yordam olib ketilgani xabar qilingan. Yuklar Liviya g‘arbidagi Misrata portidan yuklangan.

Misrata viloyati rasmiylari va Liviya Qizil yarim oy jamiyati a’zolari kema bortida bo‘lib, yordam G‘azoga yetguncha hamrohlik qilishlari ma’lum qilingan. Bu tadbir yuklar daxlsizligi uchun amalga oshirilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati