Sahro sadosi II Xalqaro yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 2
- Формат: mp4
- Дата релиза: 09-10-2024, 18:17
Festivalda Xorvatiya, Hindiston, Xitoy va qo‘shni mamlakatlardan turizm bo‘yicha mutaxassislar, ilmiy tadqiqotchilar hamda 1000 ga yaqin talaba yoshlar qamrab olindi.
"Sahro sadosi" yoshlar festivalini Ellikqal’a tumani hokimi Valijon Niyazimbetov ochib berdi.
Shundan so‘ng festival doirasida xorijlik va mahalliy turizm mutaxassislari tomonidan Qoraqalpog‘iston turizmini rivojlantirishga qaratilgan Xalqaro treninglar o‘tkazildi.
Undan so‘ng Tuproqqal’a tarixiy majmuasida talaba-yoshlar ishtirokida “Yangi O‘zbekistonning baxtli yoshlarimiz!” mavzusida rasm chizish ko‘rik-tanlovi, Aqchako‘l sohilida “Baliqdan 99 xil taom” milliy taomlar tanlovi o‘tkazildi. Qolaversa, festival doirasida sport musobaqalari, milliy sport o‘yinlari tadbirlari Aqchako‘ldagi Amfiteatrda festival konsert dasturlariga ulanib ketdi.