Dronlar Krasnodar o‘lkasiga uchdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-10-2024, 18:12
Rossiya manbalarining xabariga ko‘ra, 9 oktyabr, chorshanba kuni tong saharda Ukraina parvozchilarisiz uchish apparatlari (UAV) Rossiyaning harbiy aerodrom joylashgan Yeysk shahriga hujum qilgan.

"Eyskda ko‘plab UAV`lar. Derazalardan uzoqlashishingizni maslahat beramiz! Parchalar uchmoqda," deya xabar berdi Rossiyaning "Chegara bo‘yi" nomli monitoring telegram kanali.

Hujum oqibatlari haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Yeysk tumanidagi portlashlar haqida mahalliy aholi ham yozmoqda.

Eysk Krasnodar o‘lkasida, Azov dengizi qirg‘og‘ida, Mariupoldan dengiz orqali taxminan 60 km uzoqlikda joylashgan. Shaharda bir necha bor Ukraina dronlarining hujumiga uchragan yirik harbiy aerodrom joylashgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati