Ukraina Rossiyaning 18 ta dronini urib tushirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-10-2024, 17:48
Seshanba kuni Ukraina armiyasining ma’lum qilishicha, Rossiya tungi hujumda ikkita «Iskander-M» ballistik raketasi va 19 ta dronni uchirdi.

Telegram’dagi postida Ukraina Harbiy-havo kuchlari 18 ta dronni urib tushirganini, oxirgisi esa «Rossiyaga qaytganini» aytdi.

Odessa gubernatori Oleg Kiper Chornomorsk shahrida uchuvchisiz samolyot hujumi natijasida ko‘p qavatli uyda yong‘in kelib chiqqanini aytgan, biroq qurbonlar haqida ma’lum qilinmagan.

Kiper shuningdek, Odessadagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berdi. Bir rus droni portlatmasdan qo‘ndi, deya qo‘shimcha qildi u.

Bundan tashqari, Rossiya raketasi Odessa portida Palau bayrog‘i ostidagi kemaga kelib urilgani oqibatida bir ukrainalik halok bo‘lgan, yana besh nafari jarohatlangan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati