Otabek Shukurov: “Katanesning yo‘qligi birinchi marta emas”

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-10-2024, 16:44
O‘zbekiston milliy jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov Jahon chempionati 3-saralash bosqichi 3-4-tur o‘yinlari doirasidagi Eron va BAAga qarshi bahslar oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Sportchi dastlab klubdagi faoliyati haqida to‘xtaldi.

Tajribali yarim himoyachi jamoadagi kayfiyat va jismoniy holati haqida ham fikr bildirdi.

“Milliy jamoaga barcha tayyor holda keladi. Bu yerga kelib jismoniy holatni yaxshilab bo‘lmaydi, chunki 3 kundan keyin o‘yin kutadi. Hamma o‘z klubidan tayyor bo‘lib keladi. Jamoamizda kayfiyat a’lo”.

Futbolchi bo‘lajak o‘yinlarda bosh murabbiyning yo‘qligi ta’sir qilmasligini, bu birinchi emasligi, bundan tashqari uning yordamchilari shu yerda ekanini aytdi.

“Bu birinchi marta emas. Biz bu murabbiy bilan 3-4 yildan buyon ishlayapmiz, uning qarashlarini barchamiz bilamiz. Bunday holat bizda oldin ham bo‘lgan, adashmasam bunisi uchinchi marta bo‘lyapti. O‘ylaymanki, murabbiyning yo‘qligi hech qanday ta’sir qilmaydi, chunki uning yordamchilari shu yerda. Futbolchilar ham buni to‘g‘ri tushunib turibdi. Inshaalloh, Katanesga sog‘liq tilab, u o‘yinlardan oldin va uchrashuv davomida yordamchilari orqali o‘z ko‘rsatmalarini berib boradi, deb o‘ylayman”, dedi tajribali futbolchi Otabek Shukurov.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi 10 oktyabr kuni Toshkentda Eronni qabul qilsa, 15 oktyabrda BAAga qarshi uchrashuvda qatnashadi. Har ikkala uchrashuv “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati