De Bryuyne va Saloh kelasi yil bir jamoada o‘ynashi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-10-2024, 16:19
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne va "Liverpul" vingeri Muhammad Saloh jamoadoshiga aylanishi mumkin. Bu haqda TBR Football xabar bermoqda.

Kelasi yili MLSda debyut qiladigan "San-Diyego" futbolchilarni xarid qilishga qiziqmoqda. Klub hammuallifi Muhammad Mansur yulduz futbolchilarning transferini shaxsan moliyalashtirishga tayyor.

Shu bilan birga, "San-Diyego" Saudiya Arabistoni klublari bilan raqobatlashishga majbur bo‘lishini tushunadi. Ular avvalroq belgiyalik va misrlik futbolchiga katta shartnomalar taklif qilishgandi.

E’tiborlisi, har ikki futbolchining klublari bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar amal qiladi. Futbolchilar yozda erkin agentga aylanishlari mumkin.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati