“Toshkent yo‘lbarsi”ning 75 yilligi boks darg‘alari bilan nishonlandi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-10-2024, 16:13
2 oktyabr kuni “Toshkent yo‘lbarsi” nomi bilan shuhrat qozongan afsona, Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik birinchi bokschi Rufat Risqiyev qutlug‘ 75 yoshni qarshi olgan edi. Bugun poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida ushbu yubileyga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Unda Sport vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, boks faxriylari va kun qahramonining yaqinlari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olgan rasmiylar Rufat Asadovichning o‘zbek boksi rivojiga qo‘shgan hissasi, uning ko‘plab mahoratli shogirdlarni yetishtirgani, afsonaviy bokschimizning sportda ko‘rsatgan yuksak matonat va jasorat kabi xislatlari bugungi yoshlarga o‘rnak bo‘lishini alohida ta’kidlashdi va esdalik sovg‘alarini taqdim qilishdi. Tadbir davomida ko‘plab sport faxriylari va boshqa mehmonlar ham Rufat Asadovichni yubiley ayyom bilan qutlab, unga uzoq umr va sihat salomatlik tilashdi.

Ma’lumot uchun, Rufat Asadovich Risqiyev 1949 yil 2 oktyabr kuni Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on shahrida tavallud topgan. 1974 yilgi jahon chempionatida zafar quchib, dunyo birinchiligida g‘alaba qozongan ilk o‘zbek bokschisi bo‘lib tarixga kirdi. Shuningdek, Rufat Asadovich Monreal-1976 yozgi Olimpiya o‘yinlarining kumush medal sohibi hisoblanadi. Uning o‘zbek boks maktabi shakllanishidagi xizmatlarini hisobga olgan xolda 2019 yildan e’tiboran boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi ishtirokchisiga Rufat Risqiyev sovrinini topshirish yo‘lga qo‘yildi. Rufat Risqiyevning ko‘p yillik mehnatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan bo‘lib, 2020 yil Prezidentimiz tomonidan taqdim etilgan “Do‘stlik” ordeni u kishining shaxsiy mukofot va sovrinlar kolleksiyasini yana bittaga boyitgan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi yana bir bor boks afsonasini yubiley ayyomi bilan samimiy qutlab, unga sihat-salomatlik va uzoq umr tilab qoladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati