Sankt-Peterburgdagi reydlar ortidan 418 nafar muhojir mamlakatdan majburan chiqarib yuboriladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 20:40

Bu haqda sudlar matbuot xizmati rahbari Darya Lebedevaning bayonotiga asoslanib «Paper» xabar bermoqda.

Mulozimning aytishicha, 2024 yilning 25 martidan 29 martigacha shahar tuman sudlariga migrasiya qonunchiligini buzganlik bo‘yicha 584 ta ish kelib tushgan. Ulardan 515 nafari sud tomonidan ko‘rib chiqildi. 418 nafar muhojir majburiy deportasiya bilan jarimaga tortildi, yana 48 nafari Rossiyani mustaqil ravishda tark etishga majbur bo‘ldi.

Bir kun oldin Sankt-Peterburgda ommaviy reydlar va xorij fuqarolarini deportasiya qilish bo‘layotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «Birinchi bo‘lim» loyihasi advokatga asoslanib gapirdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati