Runi ayni paytda eng yaxshi angliyalik futbolchi kim ekanligi haqida fikr bildirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-10-2024, 10:05
"Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ueyn Runi kimni hozirda eng yaxshi angliyalik futbolchi deb bilishini aytdi.

"Fil Foden men uchun eng yaxshisi. U bu mavsumda hali o‘zini yaxshi ko‘rsata olgani yo‘q, lekin eng yaxshi holatda Fil Angliyada eng yaxshisi. Bellingem va Palmerni ham eslatib o‘tishingiz mumkin, ammo mening tanlovim Foden foydasiga", — dedi Runi Talksport bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Fil Angliya chempionatining so‘nggi mavsumining eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgandi. Premyer-liganing joriy mavsumida 24 yoshli yarim himoyachi to‘rtta uchrashuvda gol ura olmadi. "Manchester Siti" APL turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati