Ispaniya bosh vaziri: Maydonda va uning tashqarsida o‘rnak bo‘lganingiz uchun rahmat, Andreas!

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-10-2024, 10:02
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches Andres Inyestaning faoliyatini yakunlash qarori haqida gapirdi.

"Siz butsalaringizni "mix"ga ilib, jahon futbolining haqiqiy afsonasi sifatida faoliyatingni yakunlading. Lekin, eng muhimi, siz namunali insonsiz.

Siz bizning hayotimizdagi golni urdingiz va Ispaniyaga jahon chempionatidagi ilk g‘alabasini taqdim etdingiz. Lekin siz bu golni "barchamiz urdik" dedingiz.

Bugun futbolchilar ketyapti, odamlar qolmoqda degan gaplar bo‘ldi. Andres Inyesta abadiy qoladiganlardan biri bo‘lishi shubhasiz. Maydonda va uning tashqarisida o‘rnak bo‘lganingiz uchun rahmat. Yangi bosqichda omad tilayman", - dedi Pedro Sanches.

2010 yilda Ispaniya va Niderlandiya terma jamoalari o‘rtasida JARda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati final uchrashuvida Inyesta yagona gol muallifi bo‘lgandi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati