Ana xolos! Portugaliya chempionatida bolboy uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi (foto)

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-10-2024, 09:39
Portugaliya chempionati doirasidagi "Portu" – "Braga" (2:1) uchrashuvida to‘p tashlab beruvchi bola mezbonlarga raqiblarini mag‘lub etishga yordam berdi. Ikkinchi bo‘limda "bolboy" tezda to‘pni "Portu" himoyachisiga uzatdi va u tezda o‘yinni davom ettirdi. Niko Gonsalesning uzatmasidan keyin Akino hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrini golli uzatma bilan ajralib turgan yarim himoyachi Gonsalesga topshirildi. Biroq futbolchi o‘z muvaffaqiyatini "bolboy" bilan baham ko‘rishga qaror qildi, to‘p tashlab beruvchi bolaning yordamisiz "Portu"ning ikkinchi goli bo‘lmasdi.

"Ajdarlar" "Sporting"dan uch ochko ortda qolgan holda 2-o‘rinni egallab turibdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati