Livandagi “Hizbulloh” guruhi Isroil harbiy ob’ektlariga hujum uyushtirdi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 16
- Формат: mp4
- Дата релиза: 30-03-2024, 20:28
Xabarda aytilishicha, Isroilning Xirbet Maar va Raheb harbiy ob’ektlariga ikkita alohida hujum uyushtirilgan. Natijada harbiy muassasalarga shikast yetib, yo‘qotishlar qayd etilgan.
“Hizbulloh” rasmiylari bildirishicha, hujumlar mos ravishda 30 mart kuni kunduzgi vaqt bilan 12:20 va 12:45 da sodir etilgan. Hujumlarda raketalar va artilleriya snaryadlari qo‘llangani xabar qilingan.
Isroil armiyasi va “Hizbulloh” o‘rtasida G‘azo urushi boshlanganidan beri bir necha bor to‘qnashuv yuz bergan. Tomonlar bir-biriga nisbatan asosan havo hujumlari tashkil etmoqda. Livan janubida Isroil harbiylari tomonidan oq fosforli bombalar qo‘llangani to‘g‘risida ma’lumotlar tarqatilgan.