Evropada cho‘llar paydo bo‘lishi mumkin

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-10-2024, 08:30
Evropa qit’asi janubiy hududlarida global isish natiasida cho‘llar paydo bo‘lishi mumkin. “The Daily Telegraph” nashri BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo kengashi bayonotiga tayanib, ushbu xabarni tarqatdi.

– Butun Yevropa zaif, ayniqsa O‘rta yer dengizi, – deyilgan hujjatda. – Cho‘llanish nafaqat Shimoliy Afrika, balki ko‘hna qit’aaning Gresiya, Portugaliya, Turkiya kabi janubiy chekkalarida ham sodir bo‘layotganini ko‘ryapmiz.

Mutaxassislar 2100 yilga kelib, mintaqada harorati Selsiy bo‘yicha o‘rtacha 3 daraja ko‘tarilishiga ishonmoqda. Shuningdek, insoniyat kataklizmaning oldini olish imkoniyatini allaqachon qo‘ldan boy bergani, endi global isish tezligini cheklash uchun dunyo aholisidan misli ko‘rilmagan sa’y-harakat talab qilinishi ta’kidlangan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati