Damashqda Isroil havo hujumi natijasida yetti nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 2
- Формат: mp4
- Дата релиза: 09-10-2024, 08:24
SANA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil samolyotlari tomonidan Damashqning aholi zich joylashgan hududidagi turar-joy binosiga 3 ta raketa bilan zarba berilgan. Halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor. Shuningdek, 11 kishi jarohatlangan.
Saudiya Arabistonining Al Hadath telekanaliga ko‘ra, zarba nishoni Erondan Livanga qurol-yarog‘ yetkazib berishni muvofiqlashtirgan Hizbullohning yuqori martabali vakili bo‘lgan. Isroil hujumga izoh bermadi.