Tramp Ukrainaga berilgan xorijiy yordamning umumiy miqdorini baholadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-10-2024, 08:22
AQSh sobiq Prezidenti, Respublikachilar partiyasidan davlat rahbari lavozimiga nomzod Donald Tramp Ukrainaga tashqi yordamning umumiy miqdorini qariyb 300 milliard dollarga baholadi.

“Biz Ukraina uchun, deyarli, 300 milliard dollar ajratdik”, dedi u “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida.

Binobarin, ushbu raqamlar nimaga asoslanib aytilgani, faqat AQSh yordami yoki G‘arb tomonidan Kiyevga ko‘rsatilgan umumiy yordam ko‘zda tutilganiga aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq Davlat kotibi Entoni Blinken Rossiya maxsus harbiy amaliyoti boshlangandan buyon AQSh va ittifoqchilardan Ukrainaga ko‘rsatilgan yordamning umumiy miqdorini 242 milliard dollarga baholagan edi. Davlat departamenti rahbari so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar 94 milliard dollar, Yevropa va Osiyodagi boshqa sheriklar 148 milliard dollar yordam ko‘rsatgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati