Maldinining o‘g‘li “Inter”ga o‘tishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-10-2024, 08:04
"Monsa" yarim himoyachisi Daniel Maldini "Inter"ning nishoniga aylandi. "Milan" tarbiyalanuvchisi va "rossoneri" afsonasining o‘g‘li Paolo Maldini joriy mavsumda ishonchli o‘yin ko‘rsatmoqda va bu allaqachon Italiya terma jamoasi boshqaruvchisi Luchano Spalettining e’tiborini tortdi.

Jurnalist Paskuale Guarroning xabar berishicha, 22 yoshli hujumkor yarim himoyachiga "Inter" haqiqatdan ham qiziqish bildirmoqda, ammo hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q va hali muzokaralar rejalashtirilmagan.

Daniel Maldini o‘tgan yozda erkin agent sifatida "Milan"dan "Monsa"ga o‘tgan edi. Joriy A Seriyaning yettita uchrashuvida futbolchi bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati