Tottenxem sobiq futbolchisi bosh murabbiyga aylanishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-10-2024, 06:23
"Tottenxem"ning sobiq yarim himoyachisi Rayan Meyson "Anderlext"ni boshqarishi mumkin, deb xabar beradi Sky Sports.

Manbaga ko‘ra, 33 yoshli angliyalik bu lavozimga nomzodlar ro‘yxatida bor, biroq muzokaralar hali boshlang‘ich bosqichda.

2017 yilning yanvarida "Xall Siti"da o‘ynab yurgan vaqtida Meyson "Chelsi" himoyachisi Geri Kexill bilan to‘qnashuvdan so‘ng bosh suyagi singan edi. Oradan bir yil o‘tib yarim himoyachi shifokorlar tavsiyasi bilan 26 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi.

2018 yilda Meyson murabbiylik faoliyatini "Tottenxem"da boshlagan. 2023 yilning aprel-iyun oylari orasida u "shporlar" asosiy jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi sifatida 6 ta o‘yin o‘tkazdi.

Meyson hozirda "Tottenxem" bosh murabbiyi Anjelos Postekogluning yordamchisi hisoblanadi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati