Skaloni Messining holatiga baho berdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-10-2024, 06:20
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Lionel Messining holati haqida gapirdi.

37 yoshli futbolchi Venesuela (11 oktyabr) va Boliviya (16 oktyabr) terma jamoalari bilan o‘ynaydigan Argentina terma jamoasi joylashgan joyga yetib keldi. Yulduzli forvard jarohati sabab sentyabrdagi yig‘inni o‘tkazib yuborgan edi.

"Messi yaxshi holatda. U bizga qo‘shilishdan oldin o‘z klubida bir necha o‘yin o‘tkazdi, bu uning jismoniy holatini yaxshilash uchun ayni muddao edi.

Oldingi yig‘indan biroz oldin biz u bilan o‘ynamasligi haqida kelishib olgandik, chunki u hali "Inter Mayami"da mashg‘ulot o‘tkazmagan edi. Hozir u ajoyib jismoniy holatda va bo‘lajak o‘yinlarda jamoaning bir qismi bo‘ladi", - deya Skaloni so‘zlarini keltiradi Inter Miami News Hub.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati