Chelsi hujumchisi faoliyatidagi eng qiyin davrni esladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-10-2024, 06:04
Fransiya terma jamoasi va "Chelsi" hujumchisi Kristofer Nkunku Qatardagi jahon chempionatini qanday o‘tkazib yuborganini esladi.

Nkunku yakuniy tarkibda bor edi, biroq mashg‘ulotlar vaqtida jarohat olib, terma jamoada o‘ynamadi. Hujumchining o‘zi ham tan olganidek, bu davr uning uchun eng qiyin bo‘lgan.

"Eng og‘ir davr men jarohat tufayli jahon chempionatini o‘tkazib yuborganim edi. Bu juda qiyin davr edi. Psixologik jihatdan buni qabul qilish oson emas edi. Ammo bu holatlar meni kuchliroq qildi. Men o‘z tanamni tushunishni, shuningdek, sabr va matonatni o‘rgandim", - deya Nkunku so‘zlarini keltirmoqda GFFN.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati