Ten Xagning kelajagi keyingi yig‘ilishda muhokama qilinadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-10-2024, 05:59
"Manchester Yunayted" rahbariyati hali Erik ten Xagning kelajagi borasida bir qarorga kelmagan.

Bu masala bugun klub rahbariyatining Jim Retkliff, "Yunayted" ijrochi direktori Omar Berrada, sport direktori Den Eshuort va texnik direktor Jeyson Uilkoks ishtirokidagi yig‘ilishida muhokama qilindi.

The Guardian qayd etganidek, rahbariyat uchrashuv davomida muhim qarorlar qabul qilmagan. Shu bilan birga, Eshuort boshchiligidagi va Retkliff tomonidan boshqariladigan "Manchester Yunayted" futbol departamenti yaqin kunlarda ten Xagning iste’fosi haqida qaror qabul qilishi mumkin.

Agar bosh murabbiy iste’foga chiqarilsa, uning vazifasini shu yozda "Manchester Yunayted" murabbiylar shtabiga kelib qo‘shilgan Rud van Nistelroy bajaradi. Teg Xag o‘rniga nomzodlardan biri Tomas Tuxel.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati