APL. «Nyukasl» oxirgi daqiqalarda superkambekni amalga oshirdi va «Vest Xem»ni mag‘lub etdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 20:12
30 mart, shanba kuni Angliya Premyer Ligasining 30-turidan o‘rin olgan bahs bo‘lib o‘tdi.Unda  “Nyukasl Yunayted” va “Vest Xem Yunayted” jamoalari to‘qnash keldi.  Jamoalar Sent-Jeyms Parkda o‘ynashdi. Uchrashuvni Robert Jonson boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Ushbu uchrashuvda “Nyukasl” 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.Oltinchi daqiqada mezbonlar hujumchisi Aleksandr Isak penaltini golga aylantirib, hisobni ochdi. 21-daqiqada Mixail Antonio “Vest Hem”ning javob golini urdi. Birinchi bo‘lim oxirida Muhammad Kudus mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 48-daqiqada Jarrod Bouen “Vest Hem”ning uchinchi golini urdi. 77-daqiqada Aleksandr Isak dublga erishdi va yana penaltini golga aylantirdi. 83-daqiqada “Nyukasl” yarim himoyachisi Xarvi Barns Aleksandr Isakning uzatmasi bilan hisobni tenglashtirdi – 3:3. Mehmonlarga g‘alabani 90-daqiqada gol urgan Xarvi Barns olib keldi."Vest Hem" 2023—2024 yilgi mavsumda Angliya Premer Ligasi turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 30 uchrashuvda 44 ochko jamg‘argan. “Nyukasl” 43 ochko bilan sakkizinchi o‘rinda bormoqda. APL, 30-tur bahsi30 mart, shanba“Nyukasl” — “Vest Hem” 4:3Gollar: 1:0 — Isak (6),  1:1—Antonio (21),  1:2 — Kudus ( 45), 1:3 — Boven (48),  2:3 — Isak (77),  3:3 — Barns (83), 4:3 — Barns (90).












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati