YUNESKOning 43-sessiyasi “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida o‘tkaziladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 45
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 10:10
"2025 yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-128-son, 15.03.2024 y.) qabul qilindi

????Qarorga ko‘ra, Sessiya “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida o‘tkaziladi.

✅ Sessiyaga tayyorgarlik doirasida:

????Samarqand shahridagi tegishli madaniy meros ob’ektlarini asrashga doir ishlar hamda immersiv va mavzuli ko‘rgazmalar tashkil etiladi;

????Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavrasiya qilish bo‘yicha xalqaro tadqiqot markaziga a’zo bo‘lishi uchun rasmiy ariza topshiriladi;

????O‘zbekistondagi shaharlar, noyob madaniy va tabiiy meros ob’ektlarini tegishlicha YUNESKOning Ijodkor shaharlar hamda Ta’limni targ‘ib etuvchi shaharlar tarmoqlariga, shuningdek, xalqaro ro‘yxatlarga kiritish choralari ko‘riladi;
????Sessiyaning mamlakatimizda o‘tkazilishining ahamiyati, shuningdek, O‘zbekiston jahon siyosatining markazlaridan biriga, global tashabbuslar muallifiga aylanib borayotganini atroflicha ochib berishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etiladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati