YUNESKOning 43-sessiyasi “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida o‘tkaziladi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 46
- Формат: mp4
- Дата релиза: 16-03-2024, 10:10
????Qarorga ko‘ra, Sessiya “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida o‘tkaziladi.
✅ Sessiyaga tayyorgarlik doirasida:
????Samarqand shahridagi tegishli madaniy meros ob’ektlarini asrashga doir ishlar hamda immersiv va mavzuli ko‘rgazmalar tashkil etiladi;
????Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavrasiya qilish bo‘yicha xalqaro tadqiqot markaziga a’zo bo‘lishi uchun rasmiy ariza topshiriladi;
????O‘zbekistondagi shaharlar, noyob madaniy va tabiiy meros ob’ektlarini tegishlicha YUNESKOning Ijodkor shaharlar hamda Ta’limni targ‘ib etuvchi shaharlar tarmoqlariga, shuningdek, xalqaro ro‘yxatlarga kiritish choralari ko‘riladi;
????Sessiyaning mamlakatimizda o‘tkazilishining ahamiyati, shuningdek, O‘zbekiston jahon siyosatining markazlaridan biriga, global tashabbuslar muallifiga aylanib borayotganini atroflicha ochib berishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etiladi.