O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi doping tufayli 4 yilga diskvalifikasiya qilindi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-10-2024, 23:40
"O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Abdurashitov Nurboldan musobaqa davrida olingan doping sinamasida sportda taqiqlangan “Drostanolon, Trenbolon” moddalari borligi aniqlangan.

Butunjahon antidoping kodeksining 2.1 qoidasi (Taqiqlangan modda, yoki uning metabolitlari va markerlari sportchi analizida mavjudligi)ni buzganligi sababli Butunjahon antidping kodeksining 10.2.1 bandiga asosan 4 yil muddatga diskvalifikasiya qilindi.

Ma’lumot uchun aytib o‘tmoqchimiz, diskvalifikasiya jazo muddatini o‘tayotgan shaxs (sportchi, murabbiy v.x.k) diskvalifikasiya muddati tugaganga qadar xalqaro va milliy toifadagi musobaqalar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etishi taqiqlanadi. Agar yuqoridagi talablar bajarilmagan taqdirda ushbu shaxsga umrbod diskvalifikasiya muddati qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek, kodeksda sport federasiyasi yoki assosiasiyasiga nisbatan ham jazo chorasi qo‘llash mumkinligi belgilangan", deyiladi agentlik xabarida.

Ma’lumot uchun, sportchi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati sovrindori edi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati