Tramp va Putin 2021 yildan beri kamida yetti marta telefon orqali suhbatlashgan

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-10-2024, 23:13
bu haqda The Washington Post ma’lum qildi.

Nashr bosh muharriri o‘rinbosari Bob Vudvord o‘zining “Urush” nomli yangi kitobida Trampning ismi oshkor etilmagan yordamchisiga tayanib shunday yozadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki siyosatchi o‘rtasidagi so‘nggi suhbat 2024 yilda ham bo‘lib o‘tgan bo‘lishi mumkin. Tramp va Putin aynan nima haqida gaplashganligi haqida kitobda yozilmagan.

"Qo‘shma Shtatlarning sobiq prezidenti va “AQSh ittifoqchisi bilan urushayotgan avtoritar lider” o‘rtasidagi muzokaralar “Uotergeyt mojarosi”dan ham yomonroqdir", — deya bunga izoh beradi jurnalist.

Vudvord, shuningdek, Tramp 2020 yilgi pandemiya davrida Putinga AQShning o‘zida etishmayotgan paytda yashirincha koronavirus testlarini yuborganini yozadi. Donald Trampning idorasi barcha ayblovlarni rad etmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati