Islom Mamatkazin: «O‘yinni o‘zida yutib ketishimizga ishongandik. Qandaydir o‘zgacha ruhiyat bor edi»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-10-2024, 22:32
«Andijon» klubi 2024 yilgi O‘zbekiston Kubogini mardonavor tarzda qo‘lga kiritgganidan xabaringiz bor. Butun jamoa g‘alabaga munosib va haqli o‘yin ko‘rsatdi. Zaxiradan maydonga tushirilganlar ham to‘la ishonchni oqladilar. Masalan, himoyachi Islom Mamatkazin intrigani yanada ko‘tarishga sababchi bo‘ldi. Faoliyatida ilk bor Kubokni qo‘lga kiritgan Islom klub matbuot xizmatiga intervyu berdi. — Tarixiy o‘yin va tarixiy g‘alaba haqida butun O‘zbekiston gapiryapti. Nimalar hayolingizdan o‘tyapti?— To‘g‘risi, tarixiy o‘yinni, nima qilganimizni, qanday tarix yozganimizni hali o‘zimiz ham tushunib yetganimiz yo‘q. Bu barchamiz uchun unutilmas onlar! — Ilk bor sovrin yutdingiz. Buning gashti qanday ekan?— To‘g‘ri ta’kidladingiz, faoliyatim davomidagi ilk sovrinni yutdim. Taassurotlarim o‘zgacha. Oddiy gap bilan tasvirlab bera olmayman. Baribir bu birinchisi va boshqacha bo‘ladi.— Finalning mana shunday dramaga aylanishini kutganmidingiz?— Kutilgandi. Finalda vodiy derbisi bo‘lishidan tashqari ham bunday jamoalar o‘rtasidagi o‘yin doimo shiddatli bo‘ladi. Bu final qo‘shimcha bo‘lgani uchun o‘yin yanada shiddatli bo‘lishi kutilgandi. Hamma buni bilgandi, biz ham mana shunday tarzda o‘tishini kutib turgandik.— Zaxiradan maydonga tushib oxirgi daqiqalarda qahramonlardan biriga aylandingiz. Ayniqsa, kutilmaganda to‘p oyog‘ingizga tegib darvozamizdan joy olgach, darhol gol bilan javob qaytarishimizni o‘yladingizmi yoki penaltilar seriyasi haqida o‘ylashni boshladingizmi?— Zaxiradan maydonga tushganimda gol urishni ko‘nglim sezdi. Jamoamni g‘alabasiga hissa qo‘shganimdan baxtiyorman. Futbolchilarda penaltilar seriyasigacha yetib bormasligimiz, bunga yo‘l qo‘ymasligimiz bo‘yicha ishonch bor edi. O‘yinni o‘zida yutib ketishimizga ishongandik, qandaydir o‘zgacha ruhiyat bor edi. — Bu g‘alabani kimga bag‘ishlaysiz?— Ushbu g‘alabamizni shubhasiz, butun Andijon xalqiga bag‘ishlaymiz. — Jamoa asosiy motivasiyani qayerdan oldi?— Bu finalga ortiqcha motivasiya shart emasdi. Tarixda ilk bor finalga chiqqanimizni o‘zi motivasiya edi. Maydonga faqat g‘alaba uchun tushgandik. Xudoga shukr, mehnatlarimizga yarasha yuzimiz yorug‘ bo‘ldi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati