Barcha o‘yinlarda g‘alaba qozongan “Arkadag‘” muddatidan oldin Turkmaniston chempionligini qo‘lga kiritdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-10-2024, 22:22
“Arkadag‘” futbol klubi o‘zining ikki yillik faoliyati davomida ikkinchi marta Turkmaniston chempioni bo‘ldi.Jamoa Turkmaniston Oliy ligasining 28-turida “Nebitchi”ni 5:1 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, “Arkadag‘” turnir yakunlanishiga besh tur qolganda peshqadamlikni kafolatladi.Ikki yil ichida “Arkadag‘” o‘zi ishtirok etgan barcha rasmiy o‘yinlarda g‘alaba qozondi (60 dan ortiq). Ma’lumot uchun, “Arkadag‘” klubi Turkmanistonning ikkinchi prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov sharafiga tashkil etilgan.Ba’zi tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, “Arkadag‘”ning raqiblari oldida raqibning yirik hisobda g‘alaba qozonishini ta’minlash uchun o‘yinlarda asosiy tarkib o‘yinchilarini tushirmaslik haqida yashirin topshiriq bor. Ushbu mavsumda “Arkadag‘” futbolchilari 25 uchrashuvda 124 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi (har bir o‘yinda o‘rtacha 5 tadan gol urdi).Ayni paytda Turkmaniston chempionatida ikkinchi o‘rin uchun faol kurash davom etmoqda, sababi bu o‘rin OFK turnirlarida qatnashish huquqini beradi. Kumush medallari uchun “Ahal” va “Oltin Asir” klublari kurash olib bormoqda. Hozirgi paytda “Ahal”da 52 ochko, “Oltin Asir”da 49 ochko bor. Shu bilan birga, ikkala jamoaning ham “Arkadag‘” bilan bittadan uchrashuvi mavjud.Oktyabr oyi oxirida “Ardakag‘” OFK Chaqiruv ligasining guruh bosqichida bahslarga kirishadi. Qirg‘iziston chempioni “Abdish-Ota” turkman klubi bilan bir guruhdan joy olgan.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati