U-16 terma jamoasi Toshkent shahrida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishdi (qaydnoma)

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-10-2024, 22:17
Islom Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Toshkent shahrida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishdi. 14 oktyabrdan boshlab yig‘inning ikkinchi qismi Xitoy Taypeyida davom etadi.

Bosh murabbiy tomonidan yig‘inga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing.

Eslatib o‘tamiz vakillarimiz 23 oktyabrdan boshlab, 2025 yilgi U-17 Osiyo kubogi saralash bahslarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

"E" guruhi o‘yinlari joriy yilning 23-27 oktyabr kunlari Xitoy Taypeyida bo‘lib o‘tadi. Saralash natijalariga ko‘ra, 10 ta guruh g‘olibi va guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi 5 jamoa 2025 yilning 3-20 aprel kunlari Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan qit’a musobaqasining final bosqichiga yo‘l oladi.

1-tur | 23.10.2024 O‘zbekiston — Falastin

2-tur | 25.10.2024Xitoy Taypeyi — O‘zbekiston
3-tur | 27.10.2024O‘zbekiston — Iroq

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati