Runi Angliya futbol assosiasiyasi tomonidan ayblanmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-10-2024, 22:14
Angliya futbol assosiasiyasi "Plimut" bosh murabbiyi Ueyn Runiga qarshi ayblov e’lon qildi.

Gap Runining shanba kuni bo‘lib o‘tgan "Blekbern"ga qarshi o‘yin (2:1) yakunida olgan qizil kartochkasi haqida ketmoqda. Mutaxassis raqib jamoa gol urganidan keyin emosional munosabat bildirgani uchun maydondan chetlatildi.

"Murabbiy o‘zini noo‘rin tutgan va/yoki hakamga nisbatan haqoratli va/yoki behayo so‘zlarni ishlatgan bo‘lishi mumkin", - deyiladi FA bayonotida.

Runi, shuningdek, ehtimoliy zo‘ravonlik va qizil kartochka olib, maydonga qaytganlikda ayblangan. Murabbiy 15 oktyabrgacha bu ayblovlarga javob berishi kerak. Ayni damda “Plimut” Chempionship turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati