Putin Ilhom Ne’matovni Rossiyaning “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 1
- Формат: mp4
- Дата релиза: 08-10-2024, 22:11
Ma’lum qilinishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ilhom Ne’matovning MDHni rivojlantirishdagi xizmatlarini, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi sifatidagi faoliyati davomida mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasini qayd etib, mukofotni topshirgan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ilhom Ne’matov 1952 yili Namangan viloyatida tug‘ilgan. U 2008—2010 yillarda O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
2018—2020 yillarda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, 2020—2021 yillarda tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Ilhom Ne’matov 2021 yildan MDH ijro qo‘mitasi raisining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritmoqda.