PSJning ayrim futbolchilari Luis Enrikening falsafasidan norozi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-10-2024, 22:00
"PSJ" ichida futbolchilar Luis Enrikening o‘yin tamoyillaridan norozi.

L’Équipe nashrining yozishicha, ispaniyalik murabbiyning futbolga bo‘lgan qarashlari, ko‘rsatmalari va o‘zgarmasligi klubdagi ba’zi nomlari oshkor etilmagan odamlarni bezovta qila boshlagan.

Nashr qayd etganidek, asosiy muammo Enrikening taktik falsafasi va jamoaning kuchli tomonlari o‘rtasidagi farqda. Usmon Dembele va Bredli Barkolya kabi o‘yinchilar o‘yinning o‘tish bosqichida xavfli hisoblanadi, ammo bu Luis Enrike o‘z jamoasining o‘ynashini xohlagan uslubga to‘g‘ri kelmaydi.

Ispaniyalik murabbiyning o‘yin uslubiga qat’iy rioya qilishini hisobga olsak, hech qanday o‘zgarishlar kutilmaydi va uning futbolchilari moslashishga majbur bo‘ladi, deya qo‘shimcha qiladi L’Équipe nashri.

 




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati