Raqib futbolchisini shapaloqqa tortgan Chelsi futbolchisi jazodan qutulib qoldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-10-2024, 21:53
"Chelsi" va "Nottingem Forest" Premyer-liga o‘yinida urush bo‘lgani uchun har ikki jamoa jazolanadi.

APLning 7-turidan o‘rin olgan “Chelsi” – “Nottingem Forest” uchrashuvi (1:1) yakunida katta janjal kelib chiqdi. Neko Uilyams Mark Kukurelyani Enso Mareskaga itarib yubordi va "ko‘klar" ustozi yiqilib tushdi. Jamoa futbolchilari joriy mavsumda ikkinchi bor o‘yinda 6 va undan ortiq sariq kartochka olgani uchun londonliklar 50 ming funt jarimaga tortilishi aytilgandi.

BBC nashri xabariga ko‘ra, Angliya futbol assosiasiyasi “Chelsi” va “Nottingem Forest” klublarini o‘z futbolchilarini nazorat qila olmagani uchun ayblagan. Klublar payshanba kuniga qadar ayblovga javob berishlari kerak.

Shu bilan birga, ma’lum bo‘lishicha, mushtlashuv vaqtida "Forest" himoyachisi Felipe Moratoga shapaloq urgan "Chelsi" hujumchisi Nikolas Jekson jazodan qutulib qolgan. Ushbu epizod hatto VAR hakamlari tomonidan ham ko‘rib chiqildi, biroq hech qanday sanksiya qo‘llanilmadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati