Qrimdagi neft bazasiga qilingan hujum tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-10-2024, 19:48
Feodosiyadagi neft bazasiga ikkita ATACMS raketasi bilan hujum uyushtirildi, kamida ikkita sisterna zarar ko‘rdi, deb xabar bermoqda Rossiya OAV.

Jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, kecha Feodosiyadagi neft bazasiga - "Dengiz neft terminali"ga hujum ATACMSning ikkita raketasi tomonidan amalga oshirilgan.

Natijada biri 10 ming kub metr, ikkinchisi 5 ming kub metr sig‘imli ikkita sisterna shikastlangan. Yonilg‘i to‘kilib, yong‘in kelib chiqqan. Shuningdek, manbalarga ko‘ra, raketa hujumi dizel yoqilg‘isi quyish quvurining shikastlanishiga olib kelgan.

Avvalroq, Feodosiyada munisipal xususiyatga ega texnogen favqulodda vaziyatlar rejimi joriy etilgan edi. 1047 kishi vaqtinchalik joylashtirish punktlariga jo‘natildi. Jabrlanganlar haqida xabar berilmagan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati