Nursulton Ro‘ziboyevning jangi bekor qilindi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-10-2024, 19:38
O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev va rossiyalik Rinat Faxretdinov o‘rtasidagi 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirgan jang bekor qilindi. Bunga Nursultonning jarohati sabab bo‘lgan. Ayni damda tashkilotchilar jarohat olgan o‘zbekistonlik sportchiga o‘rinbosar qidirmoqda.

"Menejer qo‘ng‘iroq qilib, Nursulton jarohat olganini, jang qila olmasligini aytdi. Ular jangni boshqa vaqtga ko‘chirishni taklif qildi, lekin biz Abu-Dabida. Jamoa va muxlislar uchun chiptalar allaqachon sotib bo‘lingan. Biz shu sanaga tayyorgarlik ko‘rayotgandik, shuning uchun endi bizga raqib izlashmoqda. Biz ko‘p pul, asab va kuch sarfladik, lekin hammasi bunday bo‘lib chiqdi", dedi Faxretdinov.

Rossiyalik jangchi Ro‘ziboyevga o‘rinbosar topishda ham bir qancha qiyinchiliklar borligini ta’kidladi. Ko‘pchilik raqiblar tayyorgarlik muddati oz bo‘lgani uchun jangga rad javobini bermoqda.

Ma’lumot uchun, Nursulton Ro‘ziboyev shu vaqtga qadar UFC`da 3 ta jang o‘tkazib, 2 tasida g‘alaba qozondi, 1 ta jangda esa imkoniyatni boy berdi. 33 yoshli Faxretdinov esa UFC`da 5 ta jang o‘tkazib, 4 marta g‘alaba qozongan. Rossiyalik MMA ustasi ishtirokida 1 ta jangda durang qayd etilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati