Ozarbayjonning Lochin shahri 2025 yilda MDHning “madaniy poytaxti” bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-10-2024, 19:25
Kreml tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Yuriy Ushakov Ozarbayjonning Lochin shahri kelasi yili Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ning madaniy poytaxti sifatida tanlanishini ma’lum qildi.

Ushakov jurnalistlarga 8 oktyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan MDH davlat rahbarlari sammitida gumanitar masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilinishini bildirdi.

“2025 yilda Lochin (Ozarbayjon), 2026 yilda Megri (Armaniston) va 2027 yilda Molodechno (Belarus)ga madaniy poytaxt maqomini berish loyihalari muhokama qilinadi”, — dedi maslahatchi.

2024 yilda O‘zbekistonning Samarqand shahri MDHning “madaniy poytaxti” deb e’lon qilingandi.

Lochin shahri 1992 yil may oyi o‘rtalaridan 2020 yil 1 dekabrgacha shahar tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi nazorati ostidagi hududda joylashgan bo‘lib, Berdzor deb atalgan. Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvdan so‘ng, shahar joylashgan Lochin yo‘lagi Rossiya tinchlikparvar kontingentining vaqtinchalik harbiy nazorati ostiga o‘tdi. 2022 yil 26 avgustda shahar butunlay Ozarbayjon tasarrufiga o‘tdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati