La Ligada iste’fo yuz berdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-10-2024, 19:02
Ispaniyalik murabbiy Luis Karrion “Las-Palmas” bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 45 yoshli Karrion shu yilning yozidan beri “Las-Palmas”ni boshqarib kelmoqda edi. Uning qo‘l ostida jamoa Ispaniya chempionatida bor yo‘g‘i to‘qqizta o‘yin o‘tkazib, birorta ham g‘alaba qozona olmadi.

To‘qqiz turdan keyin “Las-Palmas” atigi 3 ochko bilan La Liga turnir jadvalida oxirgi o‘rinda bormoqda.

O‘ninchi turda "Las-Palmas" safarda "Valensiya" bilan uchrashadi. Jamoalar o‘rtasidagi o‘yin 21 oktyabrga belgilangan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati