Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 29
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 10:08
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashmalarining rolini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024 yil 14 martdagi PQ-126-son qarori bilan Eksportni rag‘batlantirish agentligi hamda Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi negizida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi muassisligida «Savdoni rivojlantirish kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyati tashkil qilindi.

Kompaniyaning faoliyat yo‘nalishlaridan biri sifatida tadbirkorlik sub’ektlarini transport logistikasi, sertifikatlash, standartlashtirish va sifat nazorati, soliq va bojxona ma’muriyatchiligi hamda eksport faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalar bo‘yicha axborot va maslahat bilan qo‘llab-quvvatlash ham nazarda tutilgan.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati