• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • HAMAS va «Islomiy jihod» G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish uchun 4 ta shartni ilgari surdi

HAMAS va «Islomiy jihod» G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish uchun 4 ta shartni ilgari surdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 19:44

Hamas siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya va «Islomiy jihod» harakati bosh kotibi Ziyod an-Nahhala Eron poytaxti Tehronda uchrashdi.

Xamas tomonidan e’lon qilingan bayonotda Isroil bilan har qanday bilvosita muzokaralar muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun quyidagilar zarur: ???? G‘azoga hujumlarni to‘liq to‘xtatish, ????G‘azodan ishg‘olchi kuchlarni olib chiqib ketish, ????ko‘chirilganlarni o‘z uylariga qaytarish, ????Yordamning uzluksiz yetkazib berilishi.

Bayonotda, Falastin xalqining Isroil bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq to‘qnashuvda ekanligi, G‘arbiy Sohilda bosqinlar va hujumlar, Quddus va Masjidul-Aqsada huquqbuzarliklar sodir etilgani ta’kidlandi.

Bayonotda Islom Ummatini Isroil tomonidan har kuni amalga oshirilayotgan qirg‘inlarga qarshi g‘azabini namoyish etishga va ularga qonuniy yo‘llar bilan qarshilik ko‘rsatishga chaqiriladi. Shuningdek, G‘azoda xalq irodasiga qarshi yangi hukumat yaratishga qaratilgan reja va loyihalar rad etilgani bildirildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati