Real Madrid Andres Inyestaning faoliyatini yakunlaganiga munosabat bildirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-10-2024, 17:29
Madridning "Real" klubi Andres Inyestaning professional futboldan ketishiga munosabat bildirdi.

"Barselona" va Ispaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi 40 yoshida faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

"Andres Inyesta professional futboldagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilar ekan, "Real Madrid" futbol klubi, uning prezidenti va direktorlar kengashi ispan va jahon futbolining eng buyuk afsonalaridan birini tan olish, hayrat va iliqliklarini izhor etishadi.

Andres Inyesta nafaqat faoliyati davomida qo‘lga kiritgan ko‘plab unvonlari, balki o‘z o‘yinlari va qadriyatlari orqali ham sport rivojiga hissa qo‘shgan. Uning 2010 yilda Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tgan jahon chempionati finalidagi ramziy goli barcha ispan muxlislari xotirasida abadiy qoladi.

"Real Madrid" unga va uning butun oilasiga hayotining yangi bosqichida omad tilaydi", - deyiladi klub bayonotida.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati