Toshkent xalqaro aeroportida sog‘lig‘i yomonlashgan ayol shifoxonada vafot etdi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 1
- Формат: mp4
- Дата релиза: 08-10-2024, 17:25
Aniqlanishicha, Dubay-Toshkent aviareysida uchib kelgan fuqaro X.S.ning (ayol) sog‘ligi yomonlashganligi sababli tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan soat 18:55 atrofida Chilonzor tumanida joylashgan RSHTYOIMga olib kelingan.
RSHTYOIMning shok-zalida shifokorlar tomonidan olib borilgan shoshilinch tibbiy reanimasion muolajalarga qaramasdan soat 18:55da bemor X.S.da biologik o‘lim holati qayd etilgan va bu haqida RSHTYOIM tomonidan 44-sonli biologik o‘lim holatini qayd etish dalolatnomasi rasmiylashtirilgan.
Voqea joyiga Toshkent shahar prokuraturasi tezkor-navbatchilik brigadasi xodimlari chiqishgan. Fuqaro X.S.ning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Hozirda, Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.