Komissiya xulosasi: «Ofsayd bor-yo‘qligini aniqlovchi chiziq texnik muammo sabab ishlamagan»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-10-2024, 16:51
«Paxtakor» - «Dinamo» uchrashuvidagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi e’lon qilindi.

O‘zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur uchrashuv tugagach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi va bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. O‘yinda 4 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi.

1-vaziyat. «Paxtakor» - «Dinamo» to‘qnashuvi: mezbonlarning goli

«Paxtakor» - «Dinamo» uchrashuvining 9-daqiqasida mezbonlar gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bosh hakam Olim To‘ychiboyev VAR bilan muloqotdan so‘ng ofsayd yo‘qligini qayd etdi va golni inobatga oldi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashmasdan to‘g‘ri qilgan. Boisi, ofsayd bor-yo‘qligini aniqlovchi chiziq texnik muammo sabab ishlamagan. VARda yetarli isbot bo‘lmagani uchun VAR hakami holatga aralasha olmaydi. Ekspert-hakamlar komissiyasi bosh va VAR hakamning qarorini qo‘llab-quvvatlaydi, ammo birinchi yordamchi hakamni xato qilgan, deb hisoblaydi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati