• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Qozog‘istonda atom elektr stansiyalari bo‘yicha referendumning yakuniy natijalari e’lon qilindi

Qozog‘istonda atom elektr stansiyalari bo‘yicha referendumning yakuniy natijalari e’lon qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-10-2024, 12:48
Qozog‘istonda atom elektr stansiyasini qurish loyihasiga 71 foizdan ortig‘i yoki 5,5 million qozog‘istonlik ijobiy ovoz berdi.

Bu haqda Qozog‘iston hisobot byurosi 6 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumining yakuniy natijalarini seshanba kuni e’lon qilgan referendum o‘tkazish bo‘yicha Markaziy komissiyaga tayanib xabar qildi.

"6 oktyabr kuni AES qurilishi loyihasi bo‘yicha ovoz berishda 7 820 200 kishi yoki 63,66 foiz ishtirok etdi. Ulardan 71,12 foizi yoki 5 561 937 nafari ijobiy ovoz berdi va 2 045 270 nafar "qarshi" ovoz berdi", - deydi MK vakili Nurlan Abdirov.

12 284 487 qozog‘istonlik ovoz berish huquqiga ega edi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda atom elektr stansiyasini qurish loyihasi uchun ariza beruvchilarning qisqa ro‘yxatiga Xitoy, Janubiy Koreya, Fransiya va Rossiya kompaniyalari kiritilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati