Vazirlar Mahkamasi qarori bilan atmosfera havosiga transport vositalarining salbiy ta’siri kamaytiriladi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 19
- Формат: mp4
- Дата релиза: 30-03-2024, 19:12
➖ 2024 yil 1 iyundan boshlab barcha avtomototransportlardan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining havoga zararli ta’siri bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan normativlarga mosligini nazorat qilish bo‘yicha “Ekologik transport" tizimi joriy etiladi;
➖ Diagnostik tekshiruv natijalariga asosan transport vositalariga stikerlar beriladi. Shunga ko‘ra, transport vositalari «yashil», «sariq» va «qizil» ranglar bilan belgilanadigan «toza», «o‘rta» va «zararli» ekologik toifalarga bo‘linadi;
➖ Hududlar 2030 yilgacha bosqichma-bosqich ekologik zonalarga ajratiladi (Toshkentda — 2026 yilgacha). Ekologik toifasi hududning ekologik zonasiga muvofiq bo‘lmagan transport vositalariga nisbatan ekologik kompensasiya to‘lovlarini joriy etish yoxud ulardan tegishli ekologik zonalar hududida foydalanishni cheklash yoki taqiqlash choralari ko‘riladi;
➖ Yuqoridagi tartibga rioya etmaganlik uchun javobgarlik choralari belgilanadi. Jarima mablag‘lari esa mamlakatning ekologik holatini yaxshilashga va atrof-muhitni muhofaza qilishga yo‘naltiriladi.