• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Vazirlar Mahkamasi qarori bilan atmosfera havosiga transport vositalarining salbiy ta’siri kamaytiriladi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan atmosfera havosiga transport vositalarining salbiy ta’siri kamaytiriladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 19:12
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan atmosfera havosiga transport vositalarining salbiy ta’siri kamaytiriladi:

➖ 2024 yil 1 iyundan boshlab barcha avtomototransportlardan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining havoga zararli ta’siri bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan normativlarga mosligini nazorat qilish bo‘yicha “Ekologik transport" tizimi joriy etiladi;

➖ Diagnostik tekshiruv natijalariga asosan transport vositalariga stikerlar beriladi. Shunga ko‘ra, transport vositalari «yashil», «sariq» va «qizil» ranglar bilan belgilanadigan «toza», «o‘rta» va «zararli» ekologik toifalarga bo‘linadi;

➖ Hududlar 2030 yilgacha bosqichma-bosqich ekologik zonalarga ajratiladi (Toshkentda — 2026 yilgacha). Ekologik toifasi hududning ekologik zonasiga muvofiq bo‘lmagan transport vositalariga nisbatan ekologik kompensasiya to‘lovlarini joriy etish yoxud ulardan tegishli ekologik zonalar hududida foydalanishni cheklash yoki taqiqlash choralari ko‘riladi;

➖ Yuqoridagi tartibga rioya etmaganlik uchun javobgarlik choralari belgilanadi. Jarima mablag‘lari esa mamlakatning ekologik holatini yaxshilashga va atrof-muhitni muhofaza qilishga yo‘naltiriladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati