Bavariya Saneni yo‘qotishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-10-2024, 11:13
Germaniya terma jamoasi va "Bavariya" vingeri Leroy Sane Angliya Premyer-ligasida o‘ynash imkoniyatiga ega. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 28 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga Premyer-liganing bir qancha klublari qiziqish bildirmoqda. Potentsial ish beruvchilar Leroy bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Sanening nemis grandi bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi.

Qanot hujumchisi 2020 yilning yozidan buyon "Bavariya"da o‘ynamoqda. Joriy mavsumda u to‘rtta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi. Leroyning transfer narxi 70 million yevroga baholanmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati