Buxoroda ikki ishchi tok urishidan halok bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-10-2024, 10:00
Joriy yilning 2 oktyabr kuni “Qorako‘l” podstansiyasida 2 nafar mutaxassis texnik nosozlik natijasida vafot etgan. Bu haqda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Aytilishicha, jamiyatning “Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli 500 kV kuchlanishli “Qorako‘l” podstansiyasida 2 nafar mutaxassis o‘limiga sababchi bo‘lgan baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan.

Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa to‘g‘risida shu kunning o‘zida tegishli organlarga xabar berilgan. Ayni paytda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Qo‘shimcha qilinishicha, marhumlarning oilalariga barcha kompensasiya to‘lovlari amalga oshirilishi ta’minlanadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati