Liverpul Matipga o‘rinbosar topgan

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 18:58
"Liverpul" markaziy himoyada Joel Matipning o‘rnini bosa oladigan futbolchi topish ustida ishlamoqda.

Kamerunlik futbolchining shartnomasi joriy mavsum oxirigacha mo‘ljallangan va ko‘rinishidan, 32 yoshli futbolchi yozda klubni tark etadi.

SportsZone xabariga ko‘ra, "Liverpul"ga "Sporting"dan himoyachi Gonsalo Inasiu taklif qilingan. Manba bergan xabarga ko‘ra, mersisaydliklar klubi 22 yoshli portugaliyalik futbolchini anchadan beri kuzatib keladi.

Goal portali ma’lumotlariga ko‘ra, Inasiuning shartnomasida 60 million yevroga sotib olish sharti mavjud. 






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati